date

Shavkat Mirziyoyev shaharlarni barqaror rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev shaharlarni barqaror rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Boku shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasidagi yetakchilar sammitida ishtirok etdi. Tadbirda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Bolgariya Prezidenti Iliyana Yotova, Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze, Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov hamda BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax qatnashdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Forumda shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash, shahar muhiti sifatini oshirish va iqlim barqarorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida XXI asr oʻrtalariga borib, sayyoramiz aholisining qariyb 70 foizi shaharlarda istiqomat qilishini taʼkidlab, urbanizatsiya jarayonlari global xavfsizlikka bevosita taʼsir koʻrsatayotganini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda yaqin 15 yil ichida aholi soni 50 millionga, urbanizatsiya darajasi esa 65 foizga yetishi kutilayotganini maʼlum qildi. Shu bois, mamlakatda uy-joy qurilishini kengaytirish, xususan, 2030-yilga qadar yangilangan xonadonlar ulushini 60 foizga yetkazish va "Yashil makon" dasturi doirasida shaharlardagi yashillik darajasini 30 foizga oshirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Prezidentimiz shuningdek, noрасmiy turar joylar muammosini hal etish va mahallalarning shaharsozlikdagi oʻrnini mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidladi. Ushbu jarayonlarni samarali boshqarish maqsadida Oʻzbekistonda Urbanizatsiya milliy qoʻmitasi tashkil etilgani hamda aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlariga har yili 2 milliard dollargacha mablagʻ ajratilayotgani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev shaharlarni barqaror rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi