date

Toshkent viloyatida motosikl haydovchisi 15 yoshli qizni urib yubordi

Toshkent viloyatida motosikl haydovchisi 15 yoshli qizni urib yubordi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida motosikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.

2003 yilda tug‘ilgan haydovchi motosikl boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan. Hodisa oqibatida voyaga yetmagan piyoda turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda qiz ikki oyog‘idan ayrilgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq rasmiy idoralar bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni ham aynan Amir Temur ko‘chasida ikki nafar bola avtomobil urib ketishi oqibatida jabrlangan edi. Ularning biri keyinchalik vafot etgani xabar qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida motosikl haydovchisi 15 yoshli qizni urib yubordi