date

NVIDIA RTX 6000 Blackwell narxi 11 ming dollargacha oshdi

NVIDIA RTX 6000 Blackwell narxi 11 ming dollargacha oshdi

NVIDIA kompaniyasining professional darajadagi flagman tezlatgichi — NVIDIA RTX 6000 Blackwell narxi keskin ko‘tarildi. Agar sotuvlar boshida ushbu qurilmaning tavsiya etilgan narxi 8 ming dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ayrim chakana sotuvchilarda uning qiymati 10–11 ming dollargacha yetmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Narxlarning bunday o‘sishi sun’iy intellekt sohasidagi jadal rivojlanish va yirik AI-modellarni o‘qitish hamda ishga tushirish uchun kuchli GPU’larga bo‘lgan yuqori talab bilan izohlanmoqda. Ayni paytda bozorda taklif cheklangan: NVIDIA rasmiy saytida karta hozircha mavjud emas, chakana savdo tarmoqlarida esa tezda taqchillik yuzaga kelgan.

RTX 6000 Blackwell kompaniyaning eng qudratli professional GPU’si hisoblanadi. Qurilma 96 GB hajmdagi GDDR7 xotirasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich oddiy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan GeForce RTX 5090 modelidan uch baravar ko‘pdir.

Xotiraning bunday katta hajmi murakkab neyron tarmoqlar, generativ sun’iy intellekt, 3D-grafika va ma’lumotlar markazlaridagi hisoblash jarayonlari uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » NVIDIA RTX 6000 Blackwell narxi 11 ming dollargacha oshdi