06:39 / 22.12.2017
7 851

AQSh Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalar joriy etdi

AQSh Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalar joriy etdi
AQSh prezidenti ma’muriyati 2012 yili Rossiyadagi ayrim shaxslarga qarshi qabul qilinib, 2016 yili global maqomga ega bo‘lgan «Magnitskiy qonuni» doirasida 13 kishi va 39 tashkilotga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Tegishli farmon prezident Donald Tramp tomonidan 21 dekabr kuni imzolandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Ro‘yxatga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova ham kirdi. AQSh ma’muriyati u «davlat resurslarini biznesni ekspropriatsiya qilish, bozorlarni monopollashtirish, pora undirish va reket maqsadida ishlatgan kuchli uyushgan jinoyat birlashmasi»ga rahbarlik qilgan deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan 2013 yilda qo‘zg‘atilgan ikkita jinoyat ish haqida axborot bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalar joriy etdi