6 029
Universal pult yordamida vodiylik yigitlar tomonidan Jentradan 13,4 mln. so‘m o‘g‘irlab ketildi
2018 yilning 14 yanvar kuni soat 10:20da, noma’lum shaxslar hech kim yo‘qligidan foydalanib, Chinoz tumani “Chinoz dehqon bozori” ro‘parasida yashovchi fuqaroning avtomashinasida o‘g‘irlik bo‘lgani aniqlangan.
Bu boradagi xabardan so‘ng, Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB xodimlari voqea joyiga yetib borishadi.
IIB xodimlarining o‘rganishlari va jabrlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, Xalilov Sherzodga tegishli “Jentra” rusumli avtomashinasidan 13 million 400 ming so‘m pul mablag‘lari o‘g‘irlab ketilgani qayd etilgan.
O‘g‘irlik himoya pultini ochuvchi universal “Pandora” nomli pult bilan ochilgan holda sodir etilgan bo‘lib, olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu holat fosh etilgan.
Jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1982 yilda tug‘ilgan Mahmud Sheraliyev, Namangan viloyatida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1984 yilda tug‘ilgan Jamshid Hakimov, Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1972 yilda tug‘ilgan Rasuljon Shuxratov sodir etganliklari aniqlangan.
Voqea yuzasidan Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat protsessual kodeks talabi va tergov siri bois yuqorida keltirilgan ism-shariflar o‘zgartirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi