13:43 / 26.01.2018
6 561

Samandar Qo‘qonov: "Shavkat Mirziyoyevning prezident bo‘lishi, Xudoning bizga yuborgan inoyatidir"

Самандар Қўқонов: "Шавкат Мирзиёевнинг президент бўлиши, Худонинг бизга юборган иноятидир"
- “To‘g‘risi, 24 yil qamoqda o‘tirgan odam, Shavkat Miromonovichga birdaniga ishonishim qiyin bo‘ldi. Lekin, Shavkat Mirziyoyev tufayligina bugun ozodlikdaman, menga berilgan 27 yillik qamoq muddatini 24 yilini o‘tab, ozodlikka chiqdim”- deydi, sobiq deputat.

Shuningdek, Samandar Qo‘qonov Shavkat Mirziyoyevga nafaqat o‘z nomidan, balki yaqindagina avf etilgan 2700 mahbusning nomidan hamda Shavkat Mirziyoyevning sharofati bilan ozod etilgan minglab insonlar nomidan ham rahmat aytmoqda.

Bundan tashqari Samandar Qo‘qonov O‘zAga yo‘llagan maktubida – “Mana endi xalqimiz erkin yashaydigan, erkin mehnat qiladigan, mehnat qilib erkin yashaydigan haqiqiy hurriyat davri keldi. Xalqimiz bundan keyin halol mehnat qilib, bir tan-u bir jon bo‘lib, ahil inoqlikda, hamjihatlikda, o‘z topganiga o‘zi ega bo‘lib yashasa, osh yegan kosasi oltindan bo‘ladi” - deydi.

- “Biz endi, o‘z yeriga, o‘z erkiga, o‘z saodatiga o‘zi ega xalqmiz. Endi nafaqat zavodlar quramiz, balki zavod quradigan zavodlar ham quramiz. Biz endi nafaqat qora ishchi kuchi bo‘lib kun ko‘ramiz, balki ilm kuchi bilan, tafakkur kuchimiz bilan ham dunyo taraqqiyotiga o‘z xissamizni qo‘shishga qodir bo‘lib kun ko‘ramiz, hur yashaymiz”-deb maktubini davom ettiradi, Samandar Qo‘qonov.

“Muhimi bizga mana shunday ulug‘ islohotlarni taqdim etayotgan millatimiz sardori, Prezidentimiz bor. Prezidentimizni esa nafaqat g‘ayrat shijoati, yuksak tafakkuri, balki buyuk qalbi ham bor. Men kabi minglab mazlumlarni yorug‘likka olib chiqqan Shavkat Miromonovichga faqat va faqat omad yor bo‘lishini Xudodan so‘rab qolaman! Barcha yurtdoshlarim oldida ta’zimdaman!” – deb maktubga yakun yasalgan.

Manba: O‘zA

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samandar Qo‘qonov: "Shavkat Mirziyoyevning prezident bo‘lishi, Xudoning bizga yuborgan inoyatidir"