O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davom etadi. Bugun, 29 yanvar kuni Prezident Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari ulamolar bilan suhbatda buyuk alloma asarlari bugungi kun uchun ham g‘oyat ahamiyatli ekani, ularni nashr qilib, mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
Mazkur ziyoratgohda Qur’oni karimning asl qo‘lyozma nusxasi saqlanmoqda. Bu kitob qadimgi Samarqand qog‘oziga bitilgan, xattotlik elementlari bilan bezatilgan. Shavkat Mirziyoyev bunday kitoblar xalqimizning bebaho merosi ekani, ularni asrab-avaylash kerakligini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, XI asrda yashagan Abu Muin Nasafiy aqida ilmining buyuk namoyondalaridan biri. Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limotining dunyoda keng miqyosda tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Islom dini sofligini saqlash, aqidaparastlikka qarshi kurashishga qaratilgan ko‘plab ilmiy asarlar yozgan. Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida dafn etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda