1 mart kuni o‘zbek-tojik davlat chegarasi orqali to‘qqizta o‘tkazish punkti ochildi, deya xabar qildi Gazeta.uz nashri.
“Jartepa” (“Sarazm”), “Qushkent” (“O‘ra-Tepa”), “Uchqo‘rg‘on” (“Havotog‘”), “Havastobod” (“Zafarobod”), “Bekabod” (“Hashtyak”), “Pop” (“Navbunyod”), “Ravot” (“Ravot”), “Gulbahor” (“Ayvaj”) avtomobil o‘tkazish punktlari va “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qayta boshladi.
“Ko‘lob-Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi yo‘lovchi poyezdi “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti orqali 7 mart kuni qatnashni boshlaydi.
Chegara punktlarining ochilish marosimlari ikki mamlakat rasmiy vakillari hamda tutash tuman aholisi ishtirokida tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi TIV xabarida.
O‘zbekiston hukumatining 21 fevraldagi qaroriga ko‘ra, o‘tkazish punktlariga tutash avtoyo‘llar bo‘ylab yo‘l bo‘yi infratuzilmalari, shuningdek fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi