Faol tadbirkor kim? Nafaqat raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, ishlab chiqarishga innovatsiyani olib kirgan ishbilarmon inson. Tadbirkor bo‘lish uchun insonga iqtidor, qobiliyat, uddaburonlik va mehnatsevarlik kerak.
Yurtimizda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kuchaytirilyapti, biznesni tashkil etish va yuritishga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilib, sifatli davlat xizmatlari taqdim etilyapti. Chet el investitsiyalarining keng jalb etilishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti tashqi bozorlarga chiqishiga keng imkoniyat yaratilmoqda.
Mazkur jarayonda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak bermoqda. Xo‘sh, tadbirkor Palataning qanday yordamidan foydalanishi mumkin?
— Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ularni qo‘llab-quvvatlash asosiy maqsadimizdir, — deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom JASIMOV. — Tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlari huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida o‘tgan yili Palata tomonidan 44 059 ta da’vo arizasi kiritilib, shundan: 34 366 tasi qanoatlantirilgan, 217 tasi rad etilgan, qolganlari hozirda sudlarda ko‘rilmoqda.
— Tadbirkorlarga haliyam eskicha, «tadbirkormi, demak, o‘g‘ri» qabilida munosabat ko‘rsatish hollari uchraydimi?
— Bu kabi holatlar, afsuski, haliyam uchraydi. Bir nogiron novvoy opa mahallada non yopishni yo‘lga qo‘ygan. Biroq mahalla oqsoqoli uning novvoyxonasini qulflab, to‘rt oy ishlashga yo‘l qo‘ymabdi. Shunda u yordam so‘rab, Palataga murojaat qilgan. Xullas, Palata sud orqali uning tadbirkorligini tiklashga va ko‘rilgan moddiy zararning qoplanishiga amaliy yordam berdi.
— Eksport qiluvchi tadbirkorning xorijlik xaridorga kelishuvdagidan mutlaqo boshqa sifatdagi mahsulotni o‘tkazmoqchi bo‘lishi o‘zi o‘tirgan shoxni kesish emasmi?
— Bunday tadbirkor nafaqat o‘z ishining beliga tepadi, balki boshqa, halol eksportchilarning ham nomiga dog‘ tushiradi. Keyin o‘sha xorijlik xaridor boshqa yuztasining fikrini salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xullas, bundan o‘ta salbiy va zararli ijtimoiy fikr kelib chiqadi. Gap shundaki, eksportga mahsulotlar «Made in Uzbekistan» belgisi ostida chiqadi, ya’ni davlatimiz nomidan. Aslida eksportchi tadbirkor o‘z faoliyatiga halol va vijdonan yondashishi kerak. Biri kalta o‘ylab, boshqasi qonun-qoidalarni yaxshi tushunmay, xullas, turli sabablar bilan shunday qiladi. Ammo mahsulotini nohalol yo‘l bilan o‘tkazishga uringanlarni eksport qilish huquqidan butunlay mahrum qilish kerak, deb o‘ylayman.
Misol uchun, bir tadbirkor uch xil navdagi 149 tonna olmani muzlatgich omborga bitta haroratga qo‘ygan. Ammo bu noto‘g‘ri. Aslida uch nav uch xil haroratda saqlanishi lozim. Xullas, mahsulotning ko‘pi yaroqsiz holga kelgan. Tadbirkor palataga murojaat qilganida, unga bunday mahsulotni eksportga jo‘natmasligi tushuntirilgan. Biroq u ichki bozor narxiga rozi emas. Xullas, tadbirkorning boshi qotgan...
Shu kabi va boshqa holatlarning oldini olish maqsadida Palata qoshida jami 6 ta o‘quv markazi, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Qashqadaryo, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida nodavlat ta’lim muassasalari tashkil etilgan bo‘lib, 2017 yilda jami 3 883 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘qitildi. Germaniya xalqaro hamkorlik markazi moliyaviy ko‘magida 27 nafar tadbirkor xorijda amaliyot o‘tadi. Yaqinda Gretsiyaga ham tadbirkorlarni olib borib keldik. Ular tajriba almashib qaytdilar. Xullas, bu borada doimiy harakatda va izlanishdamiz.
«Oila davrasida» muxbiri
Nurpo‘lat NURQULOV
Nurpo‘lat NURQULOV
Manba: Od-press.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?