Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 25 mart kuni soat 22.30larda Islomobod MFY Mash’al ko‘chasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan Sh.S. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan ukasi, 1986 yilda tug‘ilgan D.S.ning chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada D.S. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Sh.S. qo‘lga olingan.
Shuningdek, Namangan viloyatining Norin tumanida 24 mart kuni soat 21.50larda Pastki Cho‘ja MFY Istiqlol ko‘chasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.B. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi ukasi, 1991 yilda tug‘ilgan M.D.ning chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada M.D. kasalxonaga yotqizilgan. M.B. qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda