10:45 / 31.03.2018
6 088

Ota kelin bo‘lajak qiziga karavot tanlasa...

Ota kelin bo‘lajak qiziga karavot tanlasa...
Xuddi shu joyda otaning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring-a!
Foto: «krasota.uz»

Bugun diqqatingizni ko‘pincha chetda qoldirib ketadigan insonimizga qaratmoqchiman. Otalarimiz!.. Otamizni hurmat qilishimiz va qanchalar yaxshi ko‘rishimiz haqida ko‘p gapirganmiz. Otalarni asrab-avaylash haqida rosa bong urganmiz. Ammo...

Bir kichkina, ko‘pchilik e’tibor ham bermaydigan holatni aytay sizga.

Ota-onamiz bizni ko‘z qorachig‘idek avaylab ulg‘aytirib, tengimiz chiqqanda to‘y taraddudini boshlaydi, to‘g‘rimi? Onaning boshida ming tashvish, tog‘ora, sarpo, kelinlik kiyim-kechak, taqinchoqlaru oyoqkiyim, kosmetika, tikuvchi, bichuvchi... Mayli, xullas ming xayol. Erni sudrab, hali u, hali bu mebelni ko‘rib tanlashga tushadi.

Xuddi shu joyda otaning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring-a!

Ota mebel tanlayapti! Erga tegayotgan qiziga! Qanday mebel bo‘lardi — shkaf, divan, kreslo, karavot... Yotoqxonaga karavot! Karavot-a?!. Qizining sarposiga! Kim yotadi?! Qizi bilan kuyovi!..

Davomini ota tasavvur qilishi kerakmi?!

Nega otalarimizni bunday qiynaymiz-a? O‘ylab ko‘rganmisiz hech? Nega shu xokisor, aziz otaginalarimizni qizi eri bilan yotadigan karavotni tanlashga majbur qilamiz? Otaga nisbatan haqorat emasmi bu?!

Otaginamni erga bergan qizlari uchun karavot tanlashga majbur etgan hayotdan, udumdan, odatlarimizdan xafa bo‘lib ketdim!
Lobarxon Usmonova

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota kelin bo‘lajak qiziga karavot tanlasa...