4 543
Samarqandda gaz balloni ichiga ayollar ro‘mollarini yashirib olib kirish holati aniqlandi
Foto: «Daryo»
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi «Jartepa» chegara bojxona posti xodimlari mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan tovar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishini fosh etishdi. Bu haqda, Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga asoslanib, «Daryo» xabar berdi.
Fuqaro L.N. qo‘shni davlatdan kirib kelayotib, bojxona nazorati zonasidan o‘tish vaqtida, o‘zi tomonidan to‘ldirilgan «Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi» va bojxona xodimlari bilan o‘tkazilgan og‘zaki savol-javob vaqtida bojsiz olib o‘tish me’yorlaridan ortiqcha mahsulotlari yo‘qligini ma’lum qildi.
Foto: «Daryo»
Shundan so‘ng uning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bir qarashda avtomashinada go‘yoki hech qanday ortiqcha narsa yuklanmagan edi. Ammo bojxonachilar avtomashina yukxonasiga o‘rnatilgan siqilgan gaz balonini sinchiklab ko‘zdan kechirishganda uning ichida gaz o‘rniga umumiy bahosi 4374000 so‘mlik 243 ta ayollar ro‘moli yashirib qo‘yilganligi aniqlandi va qonunbuzarlik holati yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzarga nisbatan sud adolatli qaror chiqardi. Sud hukmiga ko‘ra unga eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida, ya’ni 861200 so‘m jarima jazosi tayinladi va ayollar ro‘mollari davlat egaligiga musodara qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi
Rossiya qo‘shinlari Umanskoye qishlog‘ida SSSR bayrog‘ini o‘rnatdi
Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi