08:30 / 30.06.2018
4 748

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi 2-sonli ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi.

Mazkur bo‘lim Olmazor tumanidagi “Shifokorlar”, “Jiydali”, “Hislat”, “Beruniy”, “Mirza G‘olib", “Chig‘atoy Oqtepa” kabi mahallalarni tasarruf etadi. Hududda ko‘p qavatli uylar, oliy ta’lim muassasalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy obyektlar talaygina.

Kuni kecha bo‘lim xodimlari yangi binoda ish boshladi. Ular o‘z xizmat vazifalarini sifatli bajarishi, jamoat xavfsizligini ta’minlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Prezidentimiz sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, hududni kechayu kunduz kuzatib, aholining osoyishtaligini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi (foto)