Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning “Fuqarolar pensiya taʼminoti tizimining ijtimoiy adolatliligini va samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga koʻra, 2018 yilning 1 oktyabridan barcha ishlayotgan pensionerlarga pensiya toʻliq hajmda toʻlanadi.
Bundan tashqari, 2019 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan eng yuqori ish haqi miqdori eng kam ish haqining 8 baravaridan 10 baravariga (5 sentyabr holatiga koʻra — 1 474 400 soʻmdan 1 843 000 gacha) oshiriladi.
Shuningdek, pensiya miqdori 2019 yil boshlangunicha eng yuqori ish haqi oʻsishi hisobida qayta hisoblab chiqilishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda ishlayotgan pensionerlar, ayrim imtiyozli toifalardan tashqari, belgilangan nafaqa miqdoridan 50 foizini olishadi.
Eslatib oʻtamiz, imtiyozli toifadagi nafaqaxoʻrlarga I va II guruh nogironlari, Chernobil nogironlari, mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari, diniy taʼlim sohasida ishlayotgan ayollar hamda Ikkinchi jahon urushi ish ishtirokchilari va mehnat veteranlari kiradi.
Oʻzbekiston Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra pensiyasini toʻliq oladigan nafaqaxoʻrlar doirasi kengaytirilgandi. Yaʼni, faxriy unvonlarga ega mehnat qiluvchi pensionerlar endilikda nafaqa pulini toʻliq miqdorda olishi belgilangandi.
Shuningdek mehnat shartnomasi asosida mehnat qilish asnosida ilm-fan, adabiyot va sanʼat sohalarida ijodiy ishlari uchun qalam haqi (gonorar) koʻrinishida daromad oluvchi pensionerlar ham nafaqa pullarini toʻliq hajmda oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi