11:56 / 09.09.2018
16 378

Shvetsiya sudi Gulnora Karimovaning vasiyatnomasini ommaga oshkor qildi

Shvetsiya sudi Gulnora Karimovaning vasiyatnomasini ommaga oshkor qildi
4 sentyabr kuni Stokholm sudida boshlangan mahkama jaraënida shved prokurori Gunnar Stetler¸ Gayane Avakyan¸ Rustam Madumarov kabi Gulnora Karimovaga yaqin shaxslar nomiga ochilgan offshor shirkatlari¸ ularga qarashli aksiya va boshqa boyliklarning asl egasi aynan Gulnora Karimova ekanini tasdiqlovchi faktlarni taqdim etdi.

Stokholm sudida 14 dekabrga qadar davom etadigan mahkamada Shvetsiyaning eng yirik telekommunikatsiya shirkati TeliaSoneraning uch sobiq rahbari 2007-2010 yillar davomida oʻsha davrdagi Oʻzbekiston prezidentining toʻngʻich qizi Gulnora Karimovaga 400 million AQSH dollariga yaqin pora berganlikda ayblanmoqda.

Ayblov xulosasiga koʻra¸ Gulnora Karimova¸ Oʻzbekiston telekommunikatsiya sektorini amalda toʻligʻicha nazorat qilgan va bu bozorga kirish uchun xorij shirkatlari “kelishuv” qilishi lozim boʻlgan shirkatlarning hammasi¸ xususan¸ TeliaSonera turli sxemalar orqali yuzlab million dollar toʻlagan Takilant shirkati aslida Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan.

Sud jaraënida bu ayblovni quvvatlash uchun namoyish etilgan hujjatlar nusxasi Stokholm shahar sudi ommaga taqdim etildi. Bu hujjatlar orasida Gulnora Karimovaning “soʻnggi vasiyat”lari ham bor.

Shved sudida taqdim etilgan bu vasiyatnomada Karimova oʻzidan keyin qonunan tan olinishi lozim soʻnggi va yagona vasiyat ekani va boyliklarining egasi ikki farzandi - 1992 yili tugʻilgan Islom va 1998 yili tugʻilgan Imon ekanini bildiradi.

Eslatib oʻtamiz, Karimova 2015 yilning avgustida jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Jumladan, Karimova jinoiy guruh tuzishga aloqadorlik, oʻgʻirlik, pul undirish, davlat mablagʻlarini oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborish, soliqlar toʻlashdan bosh tortish singari jinoyatlarda ayblangan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Rasmiy bayonotda xabar qilinishicha, Karimovaga nisbatan yana bir jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Unga koʻra, Gulnora Karimova bojxona qonunchiligi, savdo-sotiq qoidalarini buzish, chet el valyutasini yashirincha saqlash, jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda. Mazkur ish boʻyicha tergov hali yakunlanmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)