13:53 / 27.09.2018
5 547

Shavkat Mirziyoyev Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev prezident Imomali Rahmon hamrohligida Tojikistonning Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi. Shaharga kiraverishda minglab aholi jam boʻlib, davlat rahbarini katta xursandchilik, tantana bilan kutib oldi. Milliy kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oʻzbekiston prezidentining qoʻshni davlatlar bilan ochiqlik, bagʻrikenglik siyosati hamma tojikistonliklar qatori Tursunzoda aholisiga ham katta quvonch bagʻishlagan.

Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chogʻida imzolangan Davlat chegarasi boʻyicha shartnoma hamda Fuqarolarning oʻzaro qatnovi toʻgʻrisida bitim xalqlarimiz hayotida ulkan ahamiyatga ega boʻldi. Chegaradan oʻtkazish punktlari faoliyati qayta tiklangani, aholining bordi-keldisi uchun oʻttiz kungacha vizasiz tartib joriy etilgani, avtotransport va samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgani odamlarga keng qulayliklar yaratmoqda.

Prezidentimiz “Oʻzi davlat nima uchun kerak? Odamlarga sharoit yaratish, xalqqa xizmat qilish uchun kerak” deya koʻp taʼkidlaydi. Bugun davlatimizning ichki va tashqi siyosati, jumladan, qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlaridagi oʻzgarishlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi (foto)