Departamentning Buxoro viloyati Romitan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Inspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda Shofirkon tumanidagi «A» fermer xo‘jaligi traktor haydovchisi T.Q. fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tirkama og‘irligini sun’iy ravishda oshirib, haqiqatda topshirilmagan 1,6 mln. so‘mlik 460 kg. paxtaning ortiqcha hisoblab yozilishiga erishgan.
Shuningdek, tadbirda «A» fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari tirkama og‘irligini sun’iy ravishda oshirish yo‘li bilan 2018 yilgi paxta hosilidan aslida topshirilmagan jami 21,4 mln. so‘mlik 4236 kg. paxta xom ashyosini «Shofirkon paxta tozalash» AJ balansiga noqonuniy o‘tkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan «A» fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi