21:50 / 31.10.2018
3 146

Endi 5 ming dollarlik tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi talab etilmaydi

Endi 5 ming dollarlik tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi talab etilmaydi
Bu haqda Prezidentimizning joriy yil 30 oktyabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berildi.

Mamlakatimizda ulgurji va birja savdosi korxonalari faoliyati uchun zarur huquqiy asos keng yaratib berilgan bo‘lib, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida joriy etilgan holda chakana savdo tarmoqlari jadal rivojlanmoqda, tadbirkorlik sub’ektlarining moddiy-texnik resurslardan foydalanishi tobora kengaymoqda.

Ammo tovar bozorlarining hozirgi holati, ulgurji va birja savdosining rivojlanish darajasida muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, savdo aylanmasining kengayishiga, ichki bozorni va ishlab chiqaruvchilarni zarur tovarlar bilan ta’minlashga hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishga to‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolar tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Farmonda savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovarlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilab qo‘yildi.

2018 yil 1 noyabrdan boshlab, import bo‘yicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot turlarini, egalarining xohishiga ko‘ra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotish uchun imkoniyatlar yaratib beriladi. Xuddi shu sanadan boshlab, yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish yo‘lga qo‘yiladi.

2019 yil 1 yanvardan tovar-xomashyo birjasi a’zolarining daromadlariga qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliqqa tortish shartlari tatbiq etiladi. Xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha 5 ming dollargacha tovarlarni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot yuritgan holda tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga muvofiq yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi 5 ming dollarlik tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi talab etilmaydi