O‘zbekistonda 1 yanvardan qator ta’qiqlar kuchga kirdi. Endilikda polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tan narxidan past narxlarda sotish, qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan polimer plyonkali paketlarni ishlab chiqarish, polimer plyonkali paketlarni olib kirish ta’qiqlanadi.
Bundan tashqari yakka tartibdagi tadbirkorlar qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullana olmaydi. Ushbu mahsulotlarni sotish uchun albatta yuridik shaxs tashkil etish lozim.
Alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash, avtotransport vositalarini yuvish kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun ham albatta yuridik shaxs tashkil etish lozim bo‘ladi.
Adliya vazirligi mazkur o‘zgartirishlarga sabab bo‘lgan eng muhim jihat tadbirkorlar tomonidan soliqdan qochish uchun turli qonun buzilishi holatlariga yo‘l quyilganligi ekanligini eslatib o‘tgan.
«Xususan, avtotransport vositalarini yuvish faoliyatini tashkil etgan tadbirkorlar qo‘lida amalda o‘nlab shaxslar ishlaydi. Lekin ushbu tadbirkor YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgani sababli, ular aslida to‘lashi kerak bo‘lgan soliqning yarmini ham to‘lamaydilar.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yakka turdagi tadbirkor 3 kishigacha shaxsni yollashi mumkin.
Manba: sputniknews-uz.com “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi