00:03 / 08.03.2019
4 382

Oʻzbekistonga koʻp martalik viza narxi eʼlon qilindi

Oʻzbekistonga koʻp martalik viza narxi eʼlon qilindi
Oʻzbekistonda uch yillik muddatga beriladigan koʻp martalik vizani rasmiylashtirib berish uchun konsullik yigʻim miqdori oʻrnatildi.
Oʻzbekistonga koʻp martalik kirib/chiqish huquqini beruvchi uch yillik muddatga ega vizani olish 350 dollar boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga 8500 EKIH dan kam boʻlmagan miqdorda (aksiya va xoʻjalik jamiyatlaridagi ulushlarni xarid qilgan, chet el korxonasini tuzgan) chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 3 yillik koʻp martalik vizani rasmiylashtirishlari mumkin.

Bunday viza muddatini chegaralanmagan miqdorda, Oʻzbekistondan chiqmagan holda uzaytirish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonga koʻp martalik viza narxi eʼlon qilindi