“Oʻzbekiston temir yoʻllari” joriy yilning sentabr oyigacha yer osti metropolitenining birinchi qismini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
“Biz “Doʻstlik” metro bekatidan “Qoʻyliq” bozorigacha uzunligi 11 kilometr boʻlgan dastlabki bosqichni joriy yilning sentyabrigacha ishga tushirishni rejalashtirganmiz”, — deb taʼkidlagan kompaniya vakili.
Metro halqa yoʻlining umumiy uzunligi 52 kilometrdan oshadi. Harakatlanish oʻrtacha tezligi 60 kilometr boʻladi.
2017—2021 yillarga moʻljallangan loyiha besh bosqichdan iborat boʻlib, umumiy hisobda 35 ta stansiyalar qurish rejalashtirilgan.
Yangi metro Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlaridan oʻtadi.
Xabarda aytilishicha, metro halqa yoʻli kuniga 40 mingga yaqin yoʻlovchilar tashiydi. Beshta bosqich ishga tushirilganidan keyin esa ularning soni taxminan bir millionga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi