“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda nusxa olishni soddalashtirish haqida petitsiya e’lon qilingan.
Bildirilishicha, hozirgi vaqtda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish aholiga juda ko‘plab qulayliklar yaratmoqda.
“Endilikda bu xizmatlarni kadastr sohasiga ham joriy etish zarur deb o‘ylayman. Chunki, kadastr xizmatlaridan foydalanishda ko‘plab ovoragarchiliklar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish uchun zamonaviy choralarni qo‘llash kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Taklif quyidagicha:
1-bosqichda yuridik yoki jismoniy shaxslar kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda, undan yangi nusxa olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga buyurtma beradi;
2-bosqichda 2 ish kuni mobaynida uning egasi arizasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining mulk egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi. Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi mas’ul xodimi tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda Davlat xizmatlari markaziga yuboradi;
3-bosqichda Davlat xizmatlari markazi tomonidan hokim qarori, oldi-sotdi shartnomasi, sud karori bo‘lgan taqdirda birinchi betiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan muhr uriladi va yuridik yoki jismoniy shaxsga beriladi.
Qayd etilishicha, shu tarzda mazkur xizmatni joriy etish ko‘plab qulayliklarni yaratadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi