2021 yil 1 sentyabridan boshlab “Elektron davomat” tizimini O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda.
“Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qaror loyihasida Xalq ta’limi vazirligi va Ichki ishlar vazirligining umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.
Qaror loyihasiga Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishni ta’minlovchi “Elektron davomat” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom ilova qilingan.
“Elektron davomat” tizimining asosiy vazifalari:
- umumta’lim maktablari o‘quvchilari darsga o‘z vaqtida qatnashishini biometrik identifikatsiya tizimlari va boshqa usullar yordamida monitoring qilib borish;
- o‘quvchilarning ta’lim olishiga ko‘maklashish va ta’lim olish jarayoniga o‘z vaqtida ishtirok etishini masofaviy tarzda nazorat qilib borish;
- umumta’lim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish, ular orqali umumta’lim maktablarida ta’lim jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyani oldini olish;
- voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi va ta’lim olishlari uchun javobgarligi bo‘yicha qonunlarda belgilangan normalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga amaliy asos yaratish;
- ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda farzandlarining umumta’lim maktablaridagi davomati haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish imkoniyatini yaratish.
“Xalq ta’limi vazirligi:
2020 yil 1 sentyabrga qadar “Elektron davomat” tizimini ishlab chiqib, Toshkent shahridagi umumta’lim maktablariga davlat-xususiy sherikligi asosida sinov tariqasida joriy etsin;
2021 yil 1 sentyabridan boshlab “Elektron davomat” tizimini respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlasin”, deyilgan hujjat loyihasida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi