3 350
O‘zganing “Kaptiva”sini tirnagan ichki ishlar xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda
19 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xizmat kiyimida bo‘lgan kishi “Kaptiva” rusumli avtomobilning orqa chap eshigi va chap qanotini bir buyum bilan tirnagani aks etgan video e’lon qilindi.
Tekshiruvda aniq bo‘lishicha, ushbu holat 17 iyun kuni taxminan soat 8.10 da sodir bo‘lgan. Yashnobod tumani IIO FMB xodimi D.S. o‘ziga tegishli “Matiz” rusumli avtomobilda xizmatga ketmoqchi bo‘lgan vaqtda yo‘lda turgan “Kaptiva” rusumli avtomobil sababli yo‘lga chiqa olmagan. Xodimning izohiga ko‘ra, “Kaptiva” avtomobili haydovchisi E.B. ilgari ham mashinasini atrofdagilarning yo‘lini to‘sgan holda qoldirib, tanbehlarga e’tibor bermas ekan.
Ta’kidlanishicha, IIO xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda, zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘riladi. Toshkent shahar IIBB o‘z xodimining xunuk qilg‘iligi uchun uzr so‘ragan.
Shuningdek, IIBB haydovchilardan o‘zgalarni hurmat qilishni va avtomobillarini tashqarida, ayniqsa ko‘p qavatli uylar yaqini yoki mahallalar ko‘chalarida o‘zgalarga xalal bermaydigan holda qoldirishlarini so‘rab qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi