Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati manejida shu kunga qadar bo‘lib o‘tgan test sinovlarida qoidani buzgani uchun 17 nafar abituriyent imtihonlardan chetlashtirildi. Bu haqda Qarshi shahar prokurori A.Fayzullayev ma’lum qildi.
Misol uchun, 11 nafar abituriyent o‘rniga boshqa shaxslar testga kirishga uringan. 6 nafar abituriyent esa imtihon o‘tadigan binoga o‘zi bilan mobil aloqa qurilmasi olib kirishga harakat qilgan.
Xususan, Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro O‘.I. fuqaro O.Xayriddinov o‘rniga Toshkent davlat texnika universitetiga, Buxoroning Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro F.S. fuqaro O.Sirojov o‘rniga Qarshi davlat universitetiga kirish test sinovlarini bajarish uchun kirayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Ularga nisbatan belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari Qarshi tumanida yashovchi fuqaro A.Z. ham imtihon jarayonida foydalanish maqsadida o‘zi bilan MasterCard rusumli telefon apparatini olib kirayotganda fosh bo‘lgan. Fuqarodan ushbu qurilma tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan hamda u testdan chetlashtirilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi