Foto: Nikita Makarenko
Poytaxtning Chilonzor tumanida keksa yoshli ayol yashash joyini va daraxtlarni himoya qilish uchun xususiy kompaniya vakili bilan janjallashishi oqibatida hushidan ketdi. Bu haqda jurnalist Nikita Makarenko o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
«Bugun, 13 avgust kuni olingan bu suratda Ekskavator Exclusive kompaniyasi vakilining baqir-chaqiriga uchragan ayol yerda yotibdi. U va boshqalar kompaniya daraxtlarni kesib, ularning uylari yaqinida bino qurishiga norozilik bildirgan edi. Voqea joyida bo‘lgan hokimiyat vakillari nizoni hal qilish uchun hech narsa qilgani yo‘q. Kompaniya ko‘plab daraxtlarni kesib tashlagan. Voqea Chilonzor-17 dahasida, 39—40-uylar oldida yuz bergan», — deb yozadi Makarenko.
Shuningdek, kanalda e’lon qilingan yana bir videoda bir guruh ayollarning qurilish kompaniyasi vakillari bilan baqir-chaqiri aks etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgandi.
Yig‘ilishda davlat rahbari joylardagi «snoslar» masalasiga alohida to‘xtalgan.
«Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqardilaring, butun dunyoga sharmanda qildilaring. Qo‘lingdan kelmasa nima qilasan buzib? Buzishdan oldin o‘zingni kallangni buz! Yoki men senlarga shunday topshiriq berdimmi? Odamlarni rozi qilib, loyiha qilib, Bosh vazirga hisobot berib, keyin amalga oshirlaring deganman», — deya kuyingan Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi