Toshkent shahrida yangi maktablar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun 800 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.
Ushbu mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ajratiladi.
Qarorda aytilishiga ko‘ra belgilangan summaning 400 mlrd. so‘mi 2019 yilda ajratiladi. Ushbu mablag‘ evaziga poytaxtda 10 ta maktab rekonstruksiya qilinadi va 40ta maktab ta’mirlanadi va qayta jihzlanadi. Ayni damda ularning ro‘yxati ham tasdiqlangan.
2020 yilda ham umumta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun yana 400,0 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan.
Ayni damda Toshkent shahri maktablarida o‘quvchilarga joy yetishmasligi va ular navbatga turib o‘qishga majbur bo‘lish holatlari kuzatilmoqda. Xususan, 2019-2020 yillarda 2018-2019 o‘quv yilida Toshkent shahrining 309 004 nafar o‘quvchi o‘rniga ega 303 ta umumta’lim maktabida jami 409 703 nafar o‘quvchi tahsil olgani holda o‘rtacha navbatlilik darajasi 1,4 %ni tashkil etgan.
Undan tashqari 2019-2020 o‘quv yili 1-sinflariga keladigan o‘quvchilar soni 450 ming nafarga yetadi. Natijada umumta’lim maktablarida qo‘shimcha 140 ming o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj yuzaga keladi.
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ilg‘or mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda, zamonaviy hamda xalqaro standartlarga javob beradigan talablar asosida ishlab chiqilandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi