O‘zbekistonda xalq ta’limi xodimlari oylik ish haqi oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Bir haqiqatni to‘g‘ri anglab olishimiz kerak - maktab o‘qituvchisini moddiy rag‘batlantirmasak, uning hayot sifati darajasini oshirmasak, hech qanday islohot haqida gapira olmaymiz.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi (Aripov, Abduhakimov), Moliya vazirligi (Ashrafxonov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) Xalq ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida ikki oy muddatda 2020 yilda xalq ta’limi xodimlari oylik ish haqini oshirish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Bunda, mahalliy hokimliklar tomonidan olis qishloqlarda joylashgan maktablarga o‘qituvchilarni jalb etishni yanada rag‘batlantirish uchun ularga uy-joylar, avtotransport uchun kreditlar berish, uning moliyaviy manbalarini belgilash choralari nazarda tutilsin», - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi