00:28 / 11.09.2019
3 627

O‘rta Osiyoning o‘n ming yillik tarixiga oid yangi faktlar aniqlandi

O‘rta Osiyoning o‘n ming yillik tarixiga oid yangi faktlar aniqlandi
Foto: «source.wust.edu»
Science jurnalida «Janubiy va O‘rta Osiyo aholisining shakllanishi» (The formation of human populations in South and Central Asia) nomli maqola chop etildi. Ushbu maqolada Yevrosiyo xalqlarining kelib chiqishi bilan bog‘liq so‘nggi 10 ming yillik tarixiga oydinlik kiritilgan.

Ushbu tadqiqotda hududda olib borilgan arxeologik izlanishlarda qo‘lga kiritilgan 524 ta qadimgi inson qoldig‘i (skeletlari) arxeo-genetik tahlil qilingan. DNK-tahlillari qilingan qadimiy skeletlar qatorida O‘zbekistonning oltita arxeologik yodgorligidan topilgan inson qoldiqlari ham joy olgan.

Tirik organizmlarda genetik kodni, ya’ni irsiy belgilarni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish vazifasini bajaradigan DNK (dezoksiribonuklein kislotasi) inson suyaklarida uzoq vaqt saqlanib qolishi aniqlangan bo‘lib, ularni tahlil qilish orqali teran o‘tmishni yangi ma’lumotlar bilan yoritish arxeologiyaning eng zamonaviy yo‘nalishidir. Bunday tadqiqotlar keng ilmiy jamoalar tomonidan amalga oshiriladi, chunki bu izlanishlar dala qazishmasi, laboratoriya tahlili va natijalarni talqin qilish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Jahonning 80 dan ortiq nufuzli ilmiy markazlaridan 117 nafar tadqiqotchini birlashtirgan mazkur izlanishda Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti arxeologlari ham qatnashgan.

Foto: «source.wust.edu»
So‘nggi 200 yildan beri o‘z yechimi kutayotgan Turon (O‘rta Osiyo) va Shimoliy Hindiston aholisining kelib chiqishi muammosiga ushbu izlanish oydinlik kiritdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mazkur hudud aholisining shakllanishida Yevrosiyo dashtlari aholisi asosiy o‘rin tutgan.

Bu tadqiqotda Yevrosiyo bo‘yicha to‘plangan qadimiy DNK qoldiqlari Harvard universiteti laboratoriyasida tahlil qilinib, genetik natijalar arxeolog va tilshunos olimlar bilan hamkorlikda o‘rganilgan ilk tadqiqotdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘rta Osiyoning o‘n ming yillik tarixiga oid yangi faktlar aniqlandi