Joriy yilning 18 noyabr kuni Mozori-Sharif shahrida (Afg‘oniston) O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasini Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining huquq va xalqaro shartnomalar departamenti direktori janob Xalilulloh Abaviy qabul qildi.
Muzokaralar davomida aviatsiya qatnovlari sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari haqida so‘z bordi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha konstruktiv fikr almashildi, shuningdek, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida parvozlarni ko‘paytirish hamda tayinlangan aviakompaniyalarning parvozlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha Mozori-Sharif shahridan Toshkentga parvozlarni boshlash uchun huquqiy asos hisoblangan tegishli kelishuvlarga erishildi.
Afg‘on tomoni “Kam Eyr” aviakompaniyasi tegishli tashkiliy-texnik tartibotlar yakuniga yetgandan so‘ng Mozori-Sharif shahridan Toshkentga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun tayyorligini bildirdi (taxminan joriy yilning dekabr oyida). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi