15:30 / 04.01.2020
2 406

O‘zbekistonga vizasiz tartib bo‘yicha kelgan ilk xitoylik sayyohlar kutib olindi

O‘zbekistonga vizasiz tartib bo‘yicha kelgan ilk xitoylik sayyohlar kutib olindi
Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi
2 yanvar, payshanba kuni Urumchi—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan aviareysda Xitoydan vizasiz tartib bo‘yicha kelgan ilk mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vakillari tomonidan kutib olindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Chegaradan vizasiz o‘tgan birinchi Xitoy fuqarosi Li Ji Lin investitsiya kiritish maqsadida O‘zbekistonni yaqindan o‘rganish uchun kelgan ekan.

«Vizasiz rejimning yo‘lga qo‘yilishi xitoyliklarga katta imkoniyatlar yaratadi. O‘zim Shandun provinsiyasidagi yirik kompaniya rahbariman. Mamlakatingizni o‘rganib chiqib, unga katta investitsiya kiritishni rejalashtiryapman. Bugungi kunda xitoyliklar dunyo bo‘ylab juda ko‘p sayohat qilishadi: o‘tgan yili 120 million xitoylik dunyo bo‘yicha sayohatga chiqqan. O‘ylaymanki, bundan keyin O‘zbekistonga ko‘plab xitoyliklar kela boshlashadi», — deydi Li Ji Lin.

Ma’lumot uchun, Prezidentning 2019 yil 12 sentabrdagi farmoniga asosan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab Xitoy fuqarolari uchun 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoni yaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga vizasiz tartib bo‘yicha kelgan ilk xitoylik sayyohlar kutib olindi