16:20 / 16.01.2020
3 756

Sherzod Qudratxo‘jayev “yulduz”larni hadeb figuralarini reklama qilmasdan, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishga chaqirdi

Sherzod Qudratxo‘jayev “yulduz”larni hadeb figuralarini reklama qilmasdan, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishga chaqirdi
Kecha, Toshkent viloyatida joylashgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sayyor sessiyasida Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev ekologiya va dam olish madaniyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Sof.uz sayti yozmoqda.

Qudratxo‘jayev ko‘cha-ko‘yda axlat tashlab ketadiganlarga jarimalarni orttirish kerakligini taklif etdi. "Nasihatlar vaqti o‘tdi. Balki bu uchun jarimalarni ko‘paytirish kerakdir. 2 marta 700 000 dan to‘lagan kishilar keyingi safar chiqindisini o‘zi bilan olib ketishni o‘rganadi", - dedi u.

Shuningdek, Sherzod Qudratxodjayev estrada yulduzlarini ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

"Shu o‘rinda o‘zbek estrada yulduzlariga murojaat qilmoqchiman. Har gal Instagramga kirganda ularning turli brendlar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, hatto o‘z tanalarini reklama qilib tushgan rasmlarini ko‘raman. Men bunga qarshi emasman. Sizning millionlab obunachilaringiz bor, siz yoshlar orasida mashhursiz. Istardimki, sog‘lom hayot tarzi, ijtimoiy masalalarni ham targ‘ib qilsangiz. Masalan, sigaret qoldiqlari, plastik paketlarni yerga tashlamaslik, shaharni iflos qilmaslik haqida o‘z misolingizda yoshlarga o‘rnak bo‘lsangiz", - dedi Qudratxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Qudratxo‘jayev “yulduz”larni hadeb figuralarini reklama qilmasdan, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishga chaqirdi