19:07 / 17.01.2020
13 788

"Farhod" bozorida katta janjal bo‘ldi (video)

"Farhod" bozorida katta janjal bo‘ldi (video)
Toshkent shahrining eng gavjum bozorlaridan biri hisoblangan "Farhod" bozorida katta janjal bo‘ldi. Bu voqea aks etgan video Human.uz axborot portalida e’lon qilindi.

–Men tashqaridagi "naves"ning ikkinchi "zontigi"da savdo qilaman, – deydi savdo qiluvchi ayollardan biri. – Kunlik patta puli to‘lamaymiz, bozor bilan qilingan shartnoma asosida savdo qilamiz. Patentim bor, qo‘limda ishchim bor. "Naves"ni o‘zimiz qurganmiz. Yangi kelgan bozorqo‘m "Bular talabga javobga bermaydi, ularni olinglar ", dedi. O‘zimni oladigan bo‘lsak, shu "naves" uchun olti million so‘m sarflaganman. Uni qurdirganimga endigina uch oy bo‘ldi. Uni buzib, o‘rniga yangi magazin quramiz, deyishyapti. Iloji bo‘lsa, bizni joyimizda qoldirishgani ma’qul. Axir endigina uch oy bo‘ldi uni qurganimizga. O‘zi qishda savdo sust bo‘lishini hamma yaxshi biladi.

Masalani qanday ijobiy hal etish mumkinligi haqidagi savolga"Farhod" dehqon bozori AJ direktori Bahodir Saidov quyidagicha javob berdi:
– Bu yerda nafaqat yangi do‘konlar, balki yangi rastalar ham quriladi. O‘sha rastalar savdo qilayotgan odamlarga beriladi. Agar ular dehqon, tomorqasi mavjud bo‘lsa, ma’lumotnomalar orqali, agar patenti bo‘lsa, shartnoma asosida rastalar ajratiladi.

Ammo bozor direktorining gaplaridan savdo qilayotgan tadbirkorlarning ko‘ngli to‘lmadi. Ular bu masaladagi o‘zlarining talab va istaklarini ma’lum qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Farhod" bozorida katta janjal bo‘ldi (video)