22:39 / 19.01.2020
3 082

Toshkentdagi jamoat transportiga xususiy sektordan 11 ta avtobus jalb qilindi

Toshkentdagi jamoat transportiga xususiy sektordan 11 ta avtobus jalb qilindi
«Toshshahartransxizmat» AJ yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, «Toshshahartransxizmat»ga tegishli 129 — «Aviasozlar shaharchasi»—«Yunusobod 17-mavze» yo‘nalishi «Alixan trans servis» MCHJ korxonasiga biriktirilgan.

Ushbu yo‘nalishda korxonaga tegishli Asia star rusumli 11 ta avtobus aholiga xizmat ko‘rsatadi. Avtobuslar «Yevro—5» standarti asosida ishlab chiqarilgan. Gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi transport vositasi 70 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan va qulayliklar ega. Jumladan, avtobus konditsioner, nogironligi bo‘lgan shaxslarning chiqib tushishiga mo‘ljallangan yo‘lak — pandus, 5 ta kuzatuv kamerasi, monitor, dvigatelda yong‘in chiqishiga qarshi ishlovchi avtomatik tizim bilan jihozlangan.

Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati

Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati
Korxona faoliyati shahar yo‘nalishida to‘la o‘rganilib, boshqa yo‘nalishlarga ham xususiy sektorlar jalb qilinishi ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi jamoat transportiga xususiy sektordan 11 ta avtobus jalb qilindi