16:16 / 06.02.2020
2 591

“AUTOCON” tadbiri: 800 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 200 mln. so‘mga yaqin jarimalar undirildi

“AUTOCON” tadbiri: 800 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 200 mln. so‘mga yaqin jarimalar undirildi
Majburiy ijro byurosi tashabbusi bilan yo‘l qoidasini buzgan fuqarolarni aniqlash va ulardan jarimalarni undirish yoki avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra yo‘l qoidasini buzgan fuqaro ikki oy muddatda jarimani to‘lasa hech qanday muammoga duch kelmaydi. Aks holda, bugungi kunda qoidabuzarlik sodir etgan avtomashinani aniqlash unchalik ham muammo emas.

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va IIB YHXB bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tadbirlar davomida birgina yanvar oyining o‘zida 808 ta ijro hujjati bo‘yicha 196 mln. 516 ming so‘m jarimalar undirildi. Jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlagan 38 nafar shaxsning avtotransport vositalari vaqtinchalik jarima maydonchasida saqlash uchun olib ketildi.

Eslatib o‘tamiz, bunday tadbirlar viloyat miqyosida davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “AUTOCON” tadbiri: 800 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 200 mln. so‘mga yaqin jarimalar undirildi