
Joy o‘zgartirayotgan yovvoyi g‘ozlarning “V” harfi shaklida uchishlarini kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Mutaxassislar bu yuzasidan tekshiruv olib borishdi va shunday ma’lumotlarni aniqlashdi:
Bu shaklda uchilganida, oldda borayotgan qush har qanot qoqqanida ortidagi hamrohi uchun uni ko‘tarib turadigan havo oqimini yuzaga keltiradi. Shu tarzda ularning uchish tezligi taxminan 80 foizga ortadi. Bu bitta qush erishadigan eng baland daraja guruh holida uchilganida ikki barobarga oshadi, demakdir.
Birinchi saboq. Aniq maqsadi bo‘lgan va unga erishish yo‘lida birlashgan insonlar ko‘zlagan niyatlariga osonroq va tezroq yetishadi.
“V” guruhidan chiqib qolgan g‘oz parvozga qiynaladi. Chunki hamrohlari hosil qilgan havo oqimidan tashqarida qoladi. Shu sababli, guruhga qaytib, ular bilan birgalikda uchishda davom etadi.
Ikkinchi saboq. Agar bu holatdan o‘rnak ola bilsak, hammaslaklarimiz bilan ilm, tajriba borasidagi doimiy hamkorlikni aslo uzmaymiz.
Guruh boshida borayotgan g‘oz ortidagilar kabi havo oqimidan foydalanolmaydi. Shu sababli, boshqalarga qaraganda tezroq charchaydi. Bunday payt tez orqaga o‘tadi va undan keyin uchib borayotgan hamrohi yo‘lboshlovchi o‘rnini egallaydi. Shu tarzda har bir g‘oz manzilga yetguncha guruhning har bir nuqtasidan joy oladi va qushlarning charchoqlari ham bir xil nisbatda bo‘ladi.
Uchinchi saboq. Qilayotgan ishingizni vaqti, o‘rni kelganida boshqasiga bera bilmoq ham kerak...
Uchish tezligi pasayganida orqadagilar qichqirib oldindagilarni tezroq harakat qilishga undashadi.
To‘rtinchi saboq. O‘zimizni qanchalar haq deb bilmaylik, boshqalarning ogohlantirishlari ildamlashimiz uchun kerakligini unutmasligimiz; bundan g‘azablanmasligimiz, yaxshilik sifatida qabul qilishimiz zarur.
Guruhdan bir qush kasallansa yoki ovchi tomonidan urib tushirilsa, ikki g‘oz ajralib chiqib, boshiga falokat kelgan hamrohlari uchadigan holga kelgunga (yoki o‘lguniga) qadar uni aslo tark etishmaydi. Keyinroq boshqa guruh topishadi, bu tarzda o‘zlariga qo‘shilgan hamjinslarini yovvoyi g‘ozlar, albatta, yonlariga olishadi.
Beshinchi saboq. ODAMGARCHILIK faqat INSONga xos xislat emas!
Odina Vahobova tayyorladi.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar