
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 15,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 25% ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilingan.
Chegaralararo pul o‘tkazmalari ichki valyuta bozoridagi taklifni oshirish imkonini berdi. Hisobotda qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida so‘m kursi 7% mustahkamlangan.
Milliy valyuta kursiga xorijiy kreditlarning o‘sishi, importning barqarorlashuvi va investitsiyalarning ko‘payishi kabi omillar ta’sir qilgan. Chet el valyutasiga talab 48,4 milliard AQSh dollariga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 24% ko‘pdir.
Shu davrda valyuta taklifi esa 41,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Markaziy bank yuridik shaxslar orasida valyutaga bo‘lgan talabni ham ko‘rib chiqdi.
Ushbu toifada yillik taklif hajmi 38% oshgan bo‘lsa, eksportdan tushgan daromadlar hisobidan shakllangan taklif 18% o‘sib, 14,5 milliard AQSh dollariga yetdi. Shundan 8,1 milliard dollar O‘zbekiston valyuta bozorida sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 23% ko‘pdir.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.