
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Tashrif doirasida u tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda.
O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi strategik muloqotning navbatdagi yig‘ilishi Toshkent shahrida boshlandi. Uchrashuv ikki tomonlama do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Kun tartibida siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqaviy xavfsizlik borasidagi hamkorlikni kuchaytirish kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama etilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.