O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu kutubxona Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an tashabbusi bilan bunyod etilgan.
Ochilish marosimida butun dunyodan ikki mingga yaqin mehmon - olimlar, yozuvchilar, ta’lim va madaniyat namoyondalari, davlat va jamoat arboblari qatnashdi. Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti tomonidan taklif etilgan oliy darajadagi yagona mehmon bo‘ldi.
- Aziz qardoshlar, biz ilmiy ma’rifatni keng ma’noda tushunamiz va shu sababli yurtimizda dunyoviy ta’lim dargohlari bilan birga diniy maktab va madrasalar, ilmiy-ma’rifiy markazlar tashkil etilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida ko‘p asrlik ma’rifat xazinasini o‘zida mujassam etadigan Islom sivilizatsiyasi markazini bunyod etmoqdamiz. Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari faoliyat olib bormoqda. Ularda boshqa fanlar qatorida, hadis, kalom, aqida, tasavvuf, fiqh ilmini chuqur o‘rganilmoqda, - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi