Foto: International Job Organization
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Mahkama xabariga ko‘ra, unda “INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi” MCHJ rahbari Sh.A. va boshqalar 2019 yil davomida fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborish vaji bilan ularning har biridan (61 nafar) 45 mln. so‘mdan jami 2,6 mlrd. so‘mni jamiyatning bank hisob raqamiga o‘tkazdirib, ularni ishga yubormasdan, fuqarolarning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishganligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqaroning 16 500 AQSH dollari hamda 125 mln. so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi” MCHJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga nisbatan olib borilgan tergov harakatlari yakunlandi

Xususiy bandlik agentliklari firibgarlik maskanimi?

Xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan MCHJ rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

YPX inspektori haydovchidan 1 mln so‘m olaman deb qo‘lga tushdi

Calkam 1200 nafar fuqaroni chuv tushirgan «Human» bandlik agentligi rahbari ustidan sud boshlandi

Odamlarning 1 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘larini talon-taroj qilib yuborgan "lizingchilar” ushlandi