06:00 / 24.03.2020
4 063

Koronavirus narsa-buyumlar yuzasida qancha vaqt yashaydi?

Koronavirus narsa-buyumlar yuzasida qancha vaqt yashaydi?
Infeksiya eng uzoq vaqt qog‘oz va plastik yuzada saqlanishi mumkin.
O‘zbekistonda allaqachon 40dan ziyod kishiga yuqqan koronavirusli infeksiya turli yuzalarda 5 kungacha saqlanib turishi mumkin ekan. Ukrainalik taniqli pediatr Yevgeniy Komarovskiy bu borada infografika e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiya qog‘oz va plastik yuzada eng uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin – 5 kungacha.

Shuningdek, u 4 kungacha yog‘och hamda shisha yuzada saqlanib turishi mumkin.
Virus aluminiy yuzalarda 2 soatdan 8 soatgacha, jarrohlik qo‘lqoplarida 8 soatgacha, temir sirtlarda 48 soatgacha saqlanadi.

Yodda tuting: uzingizni saqlash uchun:
- O‘RVI alomatlari bor insonlar bilan aloqada masofalaning — kamida 1,5 metrgacha;
- yuzingizga, jumladan, ko‘z, burun va og‘zingizga tegingmang;
- mahsulotlarni olovda toblab iste’mol qiling — go‘sht, go‘sht mahsulotlari va tuxumni xomligicha yemang;
- O‘RVIning birinchi alomatlari paydo bo‘lganda zudlik bilan oilaviy vrachingizga murojaat qiling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus narsa-buyumlar yuzasida qancha vaqt yashaydi?