3 476
Ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarining bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq:
• uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
• uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholanadi;
• tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalari ko‘rib chiqiladi.
Nizomda belgilanishicha, ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari berishi mumkin.
DXMlar va YAIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.
Subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1 martidan 1 oktabrigacha bo‘lib, ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Boshlang‘ich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.
Taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.
Nizom doirasida shahar va qishloq joylarda birlamchi bozordagi uy-joylar aholiga bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida ipoteka kreditlari asosida sotiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi