17:30 / 29.03.2020
6 033

Ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llaniladi?

Ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llaniladi?
Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari harakati cheklanishi hamda ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashina haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishi haqida ma’lumot berdi.

«Avtotransport vositasidan foydalanish imkonini beruvchi stikerning orqa tomoniga Adliya vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma ilova qilinadi. Mazkur stiker bo‘lmagan avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu stiker viloyatlararo harakatlanish huquqini beradi. Stikerdan faqatgina tashkilotga tegishli bo‘lgan avtotransportda harakatlanish uchun foydalanilishi kerak, undan shaxsiy manfaatlarda suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi. Bu kabi huquqbuzarliklar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llaniladi?