23:33 / 19.04.2020
2 846

Shaxsiy avtomobilda tibbiyot muassasasiga borish bilan bog‘liq holatlarga qo‘shimcha izohlar berildi

Shaxsiy avtomobilda tibbiyot muassasasiga borish bilan bog‘liq holatlarga qo‘shimcha izohlar berildi
Avval xabar berganimizdek, 19 aprel, yakshanba kuni, AOKA shtabida ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan tegishli izoh va javoblar berildi.

Jumladan, matbuot kotibi tibbiyot muassasasiga borish bilan bog‘liq berilgan savollarga javob qaytarar ekan, surunkali kasalligi bor bemorlar stikersiz shaxsiy avtomobil yoki boshqa transportda harakatlanganda shifokorning yo‘llanmasi yoki ma’lumotnomasi bo‘lishi lozimligini aytdi. Huquq-tartibot xodimlari so‘raganda aynan ushbu hujjatlar taqdim etilishi kerak.

Shuningdek, brifingda «Onam shahar onkologiya shifoxonasida aprel oyi boshida operatsiya bo‘ldilar. Shifokor, deyarli, har 2-3 kunda dori yozib beradi. Ularni olib kelish uchun 8 km masofani piyoda bosib o‘tyapman. Shu dorilarni olib borishim uchun shaxsiy transportdan foydalansam bo‘ladimi?», — deya yo‘llangan savolga Shohrux G‘iyosov quyidagicha javob bergan:

«Haqiqatan ham onangiz tibbiyot maskanida davolanayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan dori-darmonlar uchun yo‘llanma (retsept) mavjud bo‘lgan taqdirda siz shaxsiy avtotransportingizdan foydalanishingiz mumkin».

Kasallik haqidagi tibbiyot xodimining tegishli ma’lumotnomasi va dori-darmon olish uchun yo‘llanmasi asosida fuqarolarning o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarida tibbiyot muassasalariga borib kelishlariga yo‘l qo‘yilishi qo‘shimcha qilindi.

Ta’kidlash kerakki, AOKAda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ham shunga o‘xshash savol kelib tushgandi.

Unda o‘rnatilgan tartibga binoan, fuqarolar favqulodda holatlar, jumladan, homilador ayollarni shifoxonaga yetkazish uchun shaxsiy avtomobilidan foydalanishi mumkinligi, bu haqda YPX xodimlari ham xabardor qilingani aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaxsiy avtomobilda tibbiyot muassasasiga borish bilan bog‘liq holatlarga qo‘shimcha izohlar berildi