13:30 / 23.04.2020
3 037

Gulistonda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlandi

Gulistonda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlandi
20 aprel kuni soat 21:30 larda Boyovut tumani, Gulbog‘ MFYda doimiy ro‘yxatda turib, o‘zi Guliston shahar, 4-mavze, «Bo‘ston» MFYda yashovchi, vaqtincha ishsiz, fuqaro Ya.N. karantin qoidalarini buzib, yashash joyida Guliston shahar, «Sayqal» MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz fuqaro J.J. bilan 150 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB HPB tomonidan fuqaro Ya.N.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-modda 2-qismi, 190-modda 2-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Guliston shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Sud hukmi bilan huquqbuzar Ya.N.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) barobari, ya’ni 4.460.000 so‘m miqdorida jarima, 190-moddasi 2-qismi bilan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulistonda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlandi