17:55 / 24.04.2020
2 218

Buxoroda soliq xodimlari oylik maoshlaridan 700 million so‘mga yaqin mablag‘ni xayriya qilishdi

Buxoroda soliq xodimlari oylik maoshlaridan 700 million so‘mga yaqin mablag‘ni xayriya qilishdi
Tarixdan ma’lumki, biz buyuk o‘tmishga ega, boy tarixi va ma’naviy qadriyatlari, mehr-saxovati hamda oqibati va himmati bilan nomi tillarda doston xalqmiz.

Mana barchamiz uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi kirib keldi. Bu oyda ehtiyojmand va muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish ham qarz, ham farzdir.

Keling do‘stlar bugungi sinovli damlarda qurbimiz yetganlar - mehr-muruvvatga muhtojlarga yordamlashaylik.

Biz boshladik. Bugun “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati fondi (homiylik uchun: H/r: 20212000600944948002) ga viloyat davlat soliq organlari xodimlari tomonidan jami 700 000 000 so‘mga yaqin mablag‘ni o‘tkazib berildi.

Joriy yilning mart oyida ham Buxoro viloyati davlat soliq organlari xodimlari xalqimizning og‘ir kunlarida kam ta’minlangan oilalar, aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun mazkur fondga bir kunlik ish haqlarini o‘tkazib berishgan edi.

Agar bugundan sadaqa qilishni, nochorlarga ehson qilishni boshlasak, insha Alloh ushbu xayrli ishlarimiz Ramazon oyi uchun mo‘ljallagan sahovat va xayriya kunlik amallarimiz orasidan joy oladi.

Ishoning, “ko‘pdan yov qochib qutulolmaganidek” biz ushbu og‘ir sinovlarni albatta, yengib o‘tamiz.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda soliq xodimlari oylik maoshlaridan 700 million so‘mga yaqin mablag‘ni xayriya qilishdi