13:16 / 27.04.2020
1 887

MIB faoliyatidan: homiylar 35 nafar fuqaroning energiya resurslaridan qarzdorliklarini to‘lab berdi

MIB faoliyatidan: homiylar 35 nafar fuqaroning energiya resurslaridan qarzdorliklarini to‘lab berdi
Bugungi sinovli kunlarda Majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot va profilaktika tadbirlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarayotgan tadbirkorlarimiz, tashkilot va korxonalardan homiylik ko‘rsatish tashabbusi bilan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tuman bo‘limlarining hisob raqamlariga xayriya sifatida axolining kamxarj katlamiga tabiiy resurslardan hosil bo‘lgan qarzdorlikni to‘lash imkoni cheklangan oilalarga yordam ko‘rsatish uchun pul mablag‘lari kelib tushmoqda.

Jumladan kuni-kecha Byuroning Mirobod tuman bo‘limi hisob raqamiga "POLARIS BUSINEES" xususiy korxonasidan 3 million so‘m, shuningdek, tumanda joylashgan "93-MAXSUS TRЕST" AJ tomonidan 10 million so‘m pul mablag‘lari o‘tkazib berildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, jami 13 mln. so‘m miqdoridagi homiylik pul mablag‘lari tumanda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ehtiyojmand 35 nafar oilaning tabiiy gaz va elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorliklari uchun to‘lab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: homiylar 35 nafar fuqaroning energiya resurslaridan qarzdorliklarini to‘lab berdi