14:30 / 01.05.2020
3 510

«Vaziyat to‘liq nazoratga olingan» – Prezident va hukumat a’zolari Sardobada

«Vaziyat to‘liq nazoratga olingan» – Prezident va hukumat a’zolari Sardobada
Bugun tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqdi va hududda suv toshqinlari yuzaga keldi.
Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.


Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi.
«Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yo‘q», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Bugun, 1 may kuni soat 5:55da Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devori buzilib, suv toshib chiqa boshladi. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yetib bordi. Suv ombori atrofidagi xavf hududidan 11,5 mingdan ziyod aholi ko‘chirilgan, yana to‘rtta mahalla ko‘chirilishi ko‘zda tutilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va qurbon bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Vaziyat to‘liq nazoratga olingan» – Prezident va hukumat a’zolari Sardobada