17:35 / 02.05.2020
4 046

Sardobadagi suv toshqini zonasida o‘nlab odamlar qutqarildi (foto)

Sardobadagi suv toshqini zonasida o‘nlab odamlar qutqarildi (foto)
Foto: FVV matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1 may kuni yuz bergan avariya munosabati bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Milliy gvardiya, IIV vakillari bilan birgalikda xavf hududida qidiruv-qutqaruv ishlarini faol olib bormoqda.

FVV matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida qutqarilgan fuqarolar motorli qayiqlarni xavfsiz hududlarga ko‘chirilmoqda, shundan so‘ng ularga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati
«Hozirgacha o‘nlab insonlar hayoti saqlab qolindi. Odamlar halok bo‘lgani haqida axborot hozircha kelib tushgani yo‘q», — deya ma’lum qildi FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

Foto: FVV matbuot xizmati
FVV saytida 2 may kuni e’lon qilingan axborotda ta’kidlanishicha, qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarida kamida 20 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardobadagi suv toshqini zonasida o‘nlab odamlar qutqarildi (foto)