22:22 / 04.05.2020
2 691

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1400dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1400dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikaning yana to‘rt hududida jami 35 nafar bemor sog‘ayib, kunlik tuzalganlar soni 86 nafarga yetgani haqida xabar berdi. Shu vaqtgacha tuzalganlarning jami soni 1405 nafarni tashkil qilmoqda.
«Shu soatlarda bir yo‘la to‘rtta hududda: Qoraqalpog‘istonda 17 nafar, Surxondaryoda 9 nafar, Xorazmda 8 nafar hamda Sirdaryoda 1 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda to‘liq sog‘ayganlar Qoraqalpog‘istonda 87 nafar, Surxondaryoda 29 nafar, Xorazmda 153 nafar hamda Sirdaryoda 5 nafarga yetdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Shunday qilib, bugunning o‘zida jami 86 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1405 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanish holatlari soni 2181tani tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 766 nafar bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1400dan oshdi